"Men Madridda kam o'ynadim, ayniqsa ikkinchi marta. "Bavariya"dan ketgach, "Atletiko"ga transferim uchun hamma narsa tayyor edi, ammo "Real" meni qo'yib yubormadi.
Agar Karlo [Anchelotti] bo'lmaganida, "Everton"ga bormasdim, bu haqiqat. Jismoniy muammolar sabab menga osonmas, ammo men o'ynagan paytim, yaxshi ko'rinishimni bilaman. Men "Everton" yaxshi futbol o'ynashini xohlayman", - deydi Xames.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning 27 iyul sanasida "Atletiko" "Xalqaro CHempionlar Kubogida "Real"ni 7:3 hisobida yutgan va shundan so'ng Florentino Peres Xamesning "matraschilar" safiga o'tishini taqiqlab qo'ygandi.
29 yoshli futbolchi "Everton" safida 21ta o'yinda maydonga tuishb, 5ta gol va 8ta assist qayd etdi.