Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola va o'yinchining otasi Alf-Inge Xoland kecha «Barselona» va «Real» klublari vakillari bilan uchrashuv o'tkazishdi.
"Esport3" kanali tarqatgan xabarga ko'ra, uchrashuv davomida Rayola mijozi faqat ikki jamoada — "Barsa" yoki "Qirollik klubi" safida o'ynashni istayotganini ma'lum qilgan.
Shunga qaramay, agent va Alf-Inge Xoland bugun Londonga tashrif buyurishadi va u erda «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti» va «Chelsi» vakillari bilan uchrashishadi.