«Real» himoyachisi Marselo karantin qoidalariga amal qilmagani uchun 2700 evro miqdorida jarima tortildi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi yakshanba kuni Valensiya plyajida tibbiy niqob taqmagan holda oilasi bilan dam olayotgani suratini instagramga joyladi. Boz ustiga, o'rnatilgan cheklov tufayli Marseloning oilasi Madridni tark etish huquqiga ega emas edi.
Ispaniya adliya vazirligi Marseloga pochta orqali jarima undirish haqidagi hujjatni yubordi. Futbolchi ushbu qaror yuzasidan shikoyat kiritish huquqiga ega.