"Real Madrid" klubi himoyachisi Serxio Ramosga mushaklar shikastlanishi tashhisi qo'yildi, deya xabar bermoqda klub.
Xose Luis Sanchesning xabar berishicha, futbolchi taxminan bir oyga safdan chiqqan va u EChL doiracida "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tadigan 2 ta uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Shuningdek, ispanyalik himoyachi 10 aprelda bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi o'yinda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Ramos bu mavsum La Ligada 15 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.