«Real» sardori Serxio Ramos yangi jarohatga duchor bo'ldi. 35 yoshli futbolchining mushagi jarohatlangani aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Jurnalist Xose Luis Sanches tarqatgan xabarga ko'ra, himoyachi taxminan bir oyga safdan chiqdi.
Ushbu xabar tasdiqlansa, Ramos Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o'rin olgan «Liverpul»ga qarshi har ikkala o'yin va 10 aprel kuni bo'lib o'tadigan La liga doirasida «Barselona»ga qarshi "el-klasiko"ni o'tkazib yuboradi.