Madridning «Real» klubi himoyachisi Ramos o'ziga taklif etilgan shartnoma to'g'risidagi mish-mishlarga javob qaytardi.
Uning gaplariga qaraganda uning ushbu «yangiligi» hech qanday asoslarga ega emas. «Menga yangi shartnoma taklif etilgani haqidagi barcha xabarlar shunchaki mish-mish. Bularning barchasini yolg'on ma'lumotlar ekanini tasdiqlashim mumkin.
Men hozir bor e'tiborimni o'z formamni pastlab ketmasligiga qaratganman», - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, mavsum yakunlangach shartnoma muddati tugaydigan Ramos katta ehtimol bilan erkin agent sifatida jamoani tark etadi.