31 mart, chorshanba kuni JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Ispaniya — Kosovo uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Luis Enrike jamoais 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Qizil furiya" himoyachisi Serxio Ramos bahsning 86-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. «Real» sardori uchun mazkur o'yin Ispaniya terma jamoasi safidagi 180-uchrashuv bo'ldi. Shu tariqa, terma jamoadagi o'yinlar soni bo'yicha u ummonlik Ahmad Muborak bilan tenglashib, ro'yxatda uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha oldingi chiziqlarda Badr al-Mutava (Kuvayt, 181ta bahs) va Ahmad Hassan (Misr, 184) borishmoqda. Demak, yana 5ta o'yindan keyin Ramos jahon rekordini yangilaydi.