Alvaro Odriosola safga qaytdi.
Klublar futbolidagi pauza, milliy terma jamoalar uchun yig'in vaqtida "Real" himoyachisi Alvaro Odriosola lazaretni tark etdi.
25 yoshli futbolchi jarohat sabab "Ueska" ga qarshi o'yindan keyin, aniqrog'i 6 fevraldan buyon maydonga tushmayotgan edi. Ammo, endi u xalqaro tanaffusdan so'ng, "Eybar" bilan o'yinga shay holatda va va asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Odriosoladan tashqari "Real" tarkibida Dani Karvaxal, Fede Valverde, Toni Kroos va Mariano Diaslar hanuzgacha jarohatdan forig' bo'lib ulgurganlaricha yo'q.