«Real» hujumchisi Karim Benzema Frantsiya termasidagi jamoadoshi Matyo Valbuenaga nisbatan qilgan tovlamachiligi uchun sud qarshisida javob beradi. Eslatib o'tamiz, Karim sobiq jamoadoshidan yoqimsiz videoni tarqatmaslik evaziga pul talab qilganlikda ayblanmoqda.
Sud ishi mazkur masalani 20-22 oktyabr kunlari ko'rib chiqadi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Agar Benzemaning aybi isbotlansa, u 5 yilgacha qamalishi mumkin. Bundan tashqari, unga nisbatan 75 ming evro miqdorida jarima solinadi. O'sha muammo tufayli futbolchi 2015 yildan buyon Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmayapti.
Karim sud kuni belgilangani haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi:
«Nihoyat, ushbu tsirkni yakunlaymiz», — deya yozdi futbolchi Instagram orqali.