PSJ rahbariyati hujumchi Killian Mbappening ketishiga tayyor va uning o'rnini kim egallashini allaqachon biladi, deb xabar bermoqda ABC.
Nashrning yozishicha, parijliklar hujumchi bilan kelasi yozda yakuniga etadigan shartnomani yangilanishiga amin emaslar. Bu holatda, fytbolchining "Real"ga o'tish ehtimoli yuzaga keladi.
PSJ frantsuzni bir yil ichida tekinga qo'yib yubormaslik uchun keyingi transfer oynasida sotishga harakat qiladi. Futbolchi uchun klub rahbariyati taxminan 225 million evro olishni kutmoqda.
Ammo, "Real" bunday summani to'liq to'lashga tayyorligi so'roq ostida. Transfer narxini pasaytirish variantlaridan biri bitimga "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinicius Juniorni qo'shish. Manbalarda aytilishicha, frantsuz klubi aynan shuni o'ylamoqda.
Braziliyalik futbolchi ushbu mavsum La Liganing 25 o'yinida maydonga tushib, 3 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.