"Borussiya Dortmund" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi aniq bo'lib bormoqda.
Futbolchining o'zi klub rahbariyatiga: "Mening allaqachon Ispaniyada uyim bor", - deya uning so'zlarini keltiradi Sport nashri.
Eslatib o'tamiz, norvegiyalik futbolchi uchun "Barselona" va "Real Madrid" jamoalari kurash olib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida, Xoland bu mavsum Bundesligada 21 o'yin o'tkazib, 21 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.