- Hozir "Real"da 2018 yilgi CHempionlar Ligasi finalida o'ynagan Keylor Navas, Krishtianu Ronaldu yoki Garet Beyl yo'q. "Madrid" o'sha jamoa bilan taqqoslasak yaxshi yoki yomon bo'ldi?
- U boshqacha bo'ldi. Ular klub tarixidagi eng yaxshi o'yinchi hisoblanmish Krishtianu Ronaldudek ajoyib o'yinchilarni yo'qotishdi. Bu ko'p gollar urgan inson. SHu bilan birga ular Azar bilan shartnoma izmolashdi. Edenga jarohatlar bilan omad kelmayapti. Ammo, jamoa boshqacha bo'ldi.
"Real" hozirda chorak finalda, ularning ajoyib futbolchilari bor, ammo ularga Ronalduning gollari etishmayapti. "Real"ning qaysi talqini kuchli ekanini ayta olmayman. Men shunchaki ayta olamanki, ular hozirda CHempionlar Ligasining 1/4 finalida va o'yinga tayyor. Biz ushbu qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
- "Liverpul" - "Real" juftligida favorit bormi?
- Ikki klub ham o'z cho'qqisiga chiqmoqda deb o'ylayman. Biz CHempionlar Ligasining oldingi o'yinlarini yutdik. Ikki jamoa ham tayyor. Bu o'zgacha musobaqa va ikki klub ham bu borada yaxshi ish olib bormoqda", - deydi Salah.
"Liverpul" "Real" bilan mehmonda 6 aprel kuni o'ynaydi. Javob o'yini esa 14 aprelga rejalashtirilgan.