«Real» klubi qanot hujumchisi Eden Azar jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
U Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabi ko'rigidan o'tdi. Ko'rik yakunida futbolchini operatsiya qilmaslik haqida qaror qabul qilindi. Eden Ispaniyaga qaytib keldi va tiklanish jarayonini davom ettiradi.