Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

CIES 2021 yilning dastlabki 3 oyidagi eng yaxshi futbolchilarni e'lon qildi: Messi birinchi, Ronaldu beshinchi...

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) 2021 yilning dastlabki 3 oyi yakunlari bo'yicha Evropaning top-5 chempionatlarida o'ynayotgan futbolchilarni baholadi.

.
- Yuklab olish

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) 2021 yilning dastlabki 3 oyi yakunlari bo'yicha Evropaning top-5 chempionatlarida o'ynayotgan futbolchilarni baholadi.

Ishlab chiqilgan maxsus metodika yordamida ampluasidan qat'i nazar futbolchining foydalilik darajasini baholab chiqildi. CIES "kuchli beshlik"ning 98ta klubida o'ynayotgan har bir o'yinchini baholab chiqdi, ammo reytingga umumiy daqiqalarning kamida 60 foizida o'ynagan futbolchilar kiritildi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi reytingda eng yuqori pog'onani egalladi. Argentinalik futbolchi uch oy davomida jami 998 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning foydalilik darajasi 92,5%ga teng bo'ldi.

Ikkinchi va uchinchi pog'onalarni «Bavariya» forvardi Robert Levandovski (1106 daqiqa) va «Chelsi» yarim himoyachisi Jorjino (799 daqiqa) egallashdi — 89,5%.

«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash (1335 daqiqa, 89,4%) to'rtinchi o'rinni egallagan bo'lsa, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kuchli beshlikka kirdi (1191 daqiqa, natija – 89,3%).

CIES versiyasiga ko'ra 2021 yilning dastlabki choragidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi (top-10):

1. Lionel Messi («Barselona») — 998 daqiqa, reyting – 92,5%;

2-3. Robert Levandovski («Bavariya») — 1106 daqiqa, reyting – 89,5%;

2-3. Jorjino («Chelsi») — 799 daqiqa, reyting – 89,5%;

4. Ruben Diash («Manchester Siti») — 1335 daqiqa, reyting – 89,4%;

5. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 1191 daqiqa, reyting – 89,3%;

6-7. Nabil Fekir («Betis») – 892 daqiqa, reyting – 87,6;

6-7. Toni Kroos («Real») – 905 daqiqa, reyting – 87,6;

8. Andre Silva («Ayntraxt») – 1047 daqiqa, reyting – 87,4;

9. Lorentso Insine («Napoli») – 1096 daqiqa, reyting – 87;

10. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 878 daqiqa, reyting – 86,4.

BestMaster
30 Mart 2021, 07:30
2021, yilning, dastlabki, oyidagi, yaxshi, futbolchilarni, elon, qildi, messi, birinchi, ronaldu, beshinchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads