«Real» himoyachisi Marselo karantin qoidalariga amal qilmagani uchun Ispaniyada jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi yakshanba kuni Valensiya plyajida tibbiy niqob taqmagan holda oilasi bilan dam olayotgani suratini instagramga joyladi. Boz ustiga, o'rnatilgan cheklov tufayli Marseloning oilasi Madridni tark etish huquqiga ega emas edi.
Marselo joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida «Real» safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta golga uzatma berdi.