"Everton" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez klubning istiqboli va murabbiyi Karlo Anchelotti haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men o'zimning kimligimni aniq biladigan murabbiy bilan ishlayman. U futbolchilar va yordamchilari bilan qanday ishlash, muomala qilishni biladi. Xuddi ota va o'g'li kabi. "Everton" "Real" va "Bavariya" singari eng yaxshi klublar bilan taqqoslanadigan darajaga erishishi mumkin.
Nega bunday bo'lmasligi kerak? So'nggi ikki o'yin ham unchalik yaxshi bo'lmadi. Biz yaxshilanishni istaymiz, ammo bu Premer-liga. Har bir uchrashuv finalga o'xshaydi, jangga o'xshaydi. Siz yaxshi formada bo'lishingiz shu bilan birga har qanday narsaga ruhiy tayyor bo'lishingiz kerak.
Men o'zimning o'yin uslubimdan mamnunman. Agar yaxshi formaga kirsam, yanada yaxshiroq ishlay olaman deb o'ylayman. Men hamisha yuqori saviyada o'ynashni xohlayman», deydi kolumbiyalik futbolchi.
Ma'lumot uchun, Xames 2020/2021 yilgi mavsum Premer-ligada 18 uchrashuv o'tkazib, 5 gol va 4 golli uzatma muallifiga aylangan.