Madrid klubi himoyachiga 1 yillik shartnoma va ish haqini 20% kamaytirishni taklif qiladi ("Real" buni barcha futbolchilarga taklif qilmoqchi).
Ammo, ispaniyalik futbolchi hech bo'lmaganda 2 yillik shartnoma yoki «1+1» sxemasi bo'yicha kelishuvga loyiq ekaniga amin, ammo ayni paytda amaldagi maosh bilan.
"Qaymoqranglilar" 30 mart kuni 35 yoshga to'ladigan futbolchi uzoq muddatlik shartnoma tuzish kerak deb o'ylamaydilar. Ramos esa o'z karerasida yana bir necha yil borligini ta'kidlamoqda.
Eslatib o'tamiz, himoyachi 2005 yildan beri "Qirollik klubi"da to'p tepib kelmoqda.