Marca manbasiga ko'ra, klub vingerning mahoratiga shubha qilmasada, uning jamoadagi faoliyati tugagan deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, agar vaziyat keskin o'zgarmasa, unda “Real” keyingi mavsum uelslikka umid bog'lamaydi.
Rahbariyat jamoada jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi va maoshlarni pasaytirish (Beylniki ham) orqali transferlarga qo'shimcha mablag' yig'ishni ko'zlamoqda.
31 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 12 o'yinda qatnashib, 5+2 natijaga erishdi.