Londonning «Arsenal» klubida ijara asosida to'p surayotgan Martin Edegor Madridga qaytmasligi mumkin.
Bu haqda Marca xabar beradi. Manbaning ma'lum qilishicha, «qirollik klubi» bosh murabbiyi Zidan norvegiyalik futbolchini kelgusi rejalaridagi muhim o'yinchi deya hisoblamayapti. Martin Madridga qaytishi uchun kamida Zidanning jamoadan ketishiga to'g'ri keladi.
«To'pchilar» Edegor uchun «Real»ga 40 million evro to'lashga tayyor.