Madridning «Real» klubi muxlislari «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya superkubogi doirasida o'yinni boshqargan hakamga nisbatan e'tiroz tayyorlashmoqda.
Javob o'yinining 7-daqiqasida «Real» ishqibozlari oq ro'molchani ko'tarib, referi Rikardo De Burgosa Bengoecheaga o'z e'tirozlarini namoyish qilishadi. «Qirollik klubi» muxlislari Bengoechea «Real» darvozasiga nohaq penalti belgilab, Krishtianu Ronalduga ikkinchi sariq kartochka o'rinsiz ko'rsatilgan deb hisoblashmoqda.
Jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yinda madridliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Javob o'yini 16 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Ispaniya futbol federatsiyasi Ronalduni 5ta o'yinga diskvalifitsiya qildi. Portugaliyalik futbolchi hakamni turtgani uchun 4ta, qizil kartochka uchun 1ta o'yinga chetlatildi. Ushbu jazo Superkubokning javob o'yini va La liga doirasida bahslarga tegishli bo'ladi.