Madridning "Real" klubi Garet Beylni mavsum yakunida ortga qaytarmoqchi emas va futbolchini "Tottenxem" sotib olishidan umid qilmoqda, deya xabar bermoqda El Confidencial nashri.
Aks holda, "qaymoqranglilar" futbolchiga shartnomasining so'nggi yilidagi 15 million evro maoshini to'lab berishiga to'g'ri keladi.
Yaqinda OAVda Beylning "qirollik klubiga" qaytishiga Zidanning keskin qarshi bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, uellslik futbolchi ushbu mavsum APLning 12 uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.