«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. 29 yoshli futbolchi son qismidan olgan jarohat tufayli fevral oyining o'rtalaridan buyon maydon tushmayapti. O'shanda uning ikki oyga safdan chiqqani haqida xabar berilgandi.
Ispaniyalik futbolchi ushbu haftada maydondagi mashg'ulotlarga qaytdi va to'p bilan ishlay boshladi. Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng u umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok eta boshlaydi.