Futbolchilik faoliyati davomida "Liverpul", "Real", "Bavariya" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan Xabi 2017 yili butsalarini mixga ulgandi. Oradan bir yil o'tib, u "Real"ning 14 yoshgacha bo'lgan jamoasi boshqaruvini qabul qilib olgandi. 2019 yili esa u "Real Sosedad"da ish boshlagandi.
Oldinroq Xabi Menxengladbaxning "Borussiya"si bosh murabbiyi bo'lishi aytilgandi.