Ispaniya superkubogi doirasida "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan «Barselona» va «Real» o'rtasidagi o'yinga muxlislardan bir noodatiy futbolkada tashrif buyurdi.
Mazkur ishqiboz birvarakayiga «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Real» forvardi Krishtianu Ronalduning muxlisi shekilli, u har ikkala futbolchini bir vaqtda qo'llab-quvvatlashning yo'lini topdi. U har ikkala yulduz futbolchining futbolkasini birlashtirib tikishga qaror qildi. Natijada "17" raqam ostida "ME(S)ALDO" familiyali futbolka paydo bo'ldi.