«Chelsi» sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel sobiq jamoadoshi, hozirda «Real» safida to'p tepayotgan Eden Azar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men har doim aytganman, Eden Azar — eng iqtidorli futbolchilardan biri, unda hamma narsa bor edi — temp, kuch, salohiyat, texnika. U Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning yo'lidan yurdi. Agar o'zi xohlaganida, bu amalga oshgan bo'ladi. Azar shu darajada yaxshi edi.
Ba'zan u o'ziga aytardi: «Agar yana-da kuchliroq o'yinchi bo'lishni istasam, bunga erisha olaman. Men Messi kabi juda zo'r bo'la olmasdim, chunki u o'zga sayyoradan. Biroq Ronaldu yaqinlashgan, balki, undan o'zib ketgan bo'lardim». Uning og'zidan shunday so'zlar chiqqan, ammo Azar futbolga fidokor emas edi. U juda yomon shug'ullanardi. Rostini aytsam, mashg'ulotlarda mehnat qilish borasida u men birga o'ynagan futbolchilar orasida eng yomoni.
Nima uchun u bu qadar yomon? Eden, Eden, Eden... Eh! Shu qadar yaxshi o'ynaganidan unga hech kim yomon gapira olmas edi. U shanba kuni o'yin masalasini hal qilib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lar. Biroq dushanba yoki seshanba kungi mashg'ulotlar vaqtida umuman ko'rinmasdi. U shunchaki turar, sayr qilib yurardi.
Barcha mashg'ulotlardagi o'yin vaqtida yakkakurashlarga kirishar, bir-birini turtar va baqirardi, biroq Eden bulardan hech birini qilmasdi. Biroq maydonda uning qay daraja yaxshi ekani ko'rinardi. Bunday odamlarga bu qadar ko'p iqtidor berilishi — shunchaki adolatsizlik!", — Jon Obi Mikel.
Azar 2019 yilning yozida «Chelsi»dan «Real» safiga o'tgandi. Belgiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 9 ta o'yin o'tkazib, 2 gol va bitta golli uzatmaga muallif bo'ldi.