U ayni damda shifokorlar bilan maslahatlashmoqda. Bu haqda terma ustozi Roberto Martines xabar bermoqda.
"Ha, u biz bilan. Biz o'yinchiga nima kerak bo'lsa barchasini berish uchun doim "Real" bilan aloqadamiz. U hozirda o'ynamaydi, ammo bu erdagi va Madriddagi shifokorlar bilan ishlaydi", - deydi Martines.
15 martda Azarning operaciya qilinishi mumkinligi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilgan edi.
Futbolchi so'nggi bor 13 martda "Elche"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.