"Real Madrid" hujumchisi Eden Azar Belgiya terma jamoasiga shifokorlar bilan maslahatlashish uchun tashrif buyurdi, deb xabar beradi Her Laatste Nieuws.
Manbaga ko'ra, futbolchi fizioterapevt Liven Messalk bilan uzoq suhbatlashdi. Aftidan, Azar jarohat olgan to'pig'ini davolash bo'yicha ma'lumot olishni xohlagan.
Bundan tashqari, u oldingi psoas mushaklarining shikastlanishidan ham xavotirda. Madridliklar safiga o'tganidan so'ng belgiyalik, bir yarim yil ichida 11 marta jarohat oldi.
Qayd etish mumkin, joriy mavsumda 30 yoshli Azar "Real" safida barcha turnirlarda 14 uchrashuv o'tkazdi va 3 gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.