"Bayer" yarimhimoyachisi Mussa Diabi "Real" qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Ispan grandining skautlari 21 yoshli yarim himoyachining o'yiniga yuqori baho berishgan. U chap oyoq bo'ltshiga qaramay, har qanday hujum qanotlarida o'ynashi mumkin.
«Qirollik klubi» 21 yoshgacha bo'lgan Evropa chempionatida frantsuzning o'yini bilan tanishmoqchi edi, ammo futbolchi koronavirus bilan kasallanib, jamoa qarorgohini tark etdi.
Ushbu turnirda "qaymoqranglilar" asosiy e'tiborini "Sevilya" himoyachisi Jyule Kunde va "Renn" yarimhimoyachisi Eduardo Kamavengaga qaratadilar.
Diabini Madriddan tashqari "MYu" va "Bavariya" ham kuzatmoqda. O'tgan yili futbolchiga "Borussiya Dortmund" va "Arsenal" da'vogarlik qilgan edi. "Bayer" futbolchini 40 million evroga baholagan.
Diabi ushbu mavsumda Bundesliganing 24 o'yinida maydonga tushdi va u 3 gol urib, 7 golga uzatma amalga oshirdi.