«Bavariya» klubi «Real» yarim himoyachisi Lukas Vaskes uchun kurash olib bormaydi. Bu haqda germaniyalik jurnalist Tobi Altshaffl xabar tarqatdi.
Avvalroq matbuotda myunxenliklar yozda erkin agentga aylanadigan "Madrid" a'zsoi muzokara boshlagani haqida xabar tarqatilgan edi. Ammo Germaniya matbuoti ushbu xabarni inkor qildi. Boisi, Vaskes «Bavariya» murabbiylar shtabi talabiga javob bermaydi.
Lukas Vaskes joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida «Real» safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assist muallifiga aylandi.