"Real Madrid" klubi himoyachisi Nacho Fernandes yozda klubni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda AS nashri.
Manba xabariga ko'ra, Nachoni sotib olishni istagan klublar uni narxi pasayishini kutmoqda. Sababi, Fernandesning shartnomasi kelasi yili o'z yakuniga etadi.
31 yoshli futbolchiga "Liverpul", "Yuventus" va "Roma" jamoalariqiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi bu mavsumda 20 ta o'yin o'tkazib, hali samarali harakat amalga oshira olmadi.