«Real» va Ronaldu borasidagi mish-mishlar tobora qizigandan qizib bormoqda.
Yaqinda chiqqan ma'lumotga ko'ra, «qirollik klubi» portugalni ortga qaytarmoqchi emasligini ma'lum qilgan. Bu haqda Cope xabar beradi. Gap shundaki, klub ayni dam tarkibni yosh futbolchilar bilan to'ldirishni maqsad qilgan.
Krishtianuga esa ishlab chiqilajak yangi tizimni barbod qiluvchi o'yinchi sifatida qaralmoqda. Bu erda Ronalduning klub ramziga aylangan holati ushbu transferga umuman bog'liq emas deya hisoblandi.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning «Yuventus»dagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.