«Real» matbuot xizmati klubning ijtimoiy tarmoqlardagi ko'rsatkichlarini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «Real»ning feysbuk ijtimoiy tarmog'idagi o'quvchilari soni 100 milliondan, instagramdagisi 50 milliondan va tvitterdagisi 25 milliondan oshib ketdi. Bu borada klub dunyoda peshqadam bo'lib oldi.
Umumiy hisobda, «Real»ning uchta asosiy ijtimoiy tarmoqdagi o'quvchilari soni 182 millionga etdi. «Real» basketbol klubiniki bilan qo'shib hisoblasa, 280 milliondan oshdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlik bo'yicha «Real» ayni paytda «Barselona», MBA va «Manchester Yunayted»dan o'zib ketgan.