Madridning «Real» klubi himoyachi Nacho bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni reja qilmoqda.
«Qirollik klubi» Nachoni boshqa jamoalar «ilib ketish»idan xavotirda. Hozircha unga «Roma», «Liverpul» hamda «Yuventus» qiziqish bildirgan. Hatto, «bo'rilar» madridliklar rahbariyatiga ikki marta rasmiy taklif bilan chiqdi. Jamoa jarohatdagi himoyachilar muammosidan aziyat chekmoqda.
Eslatib o'tamiz, Nachoning «Real» bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.