"Yuventus" vitse-prezidenti Pavel Nedved Turin klubi rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu va bosh murabbiy Andrea Pirlo bilan xayrlashmoqchi emasligini ma'lum qildi.
«Krishtianu Ronaldu "Yuventus"da qoladi, u daxlsiz. Andrea Pirlo esa keyingi mavsumda ham jamoaning murabbiyi bo'ladi», - dedi Nedved DAZN telekanali efirida.
Eslatib o'tamiz, OAVda portugaliyalik hujumchining ketishi mumkinligi to'g'risida doimiy ravishda xabarlar paydo bo'layotir. Katta ehtimol bilan uning "Real"ga qaytishi aytilmoqda.
Shuningdek, so'nggi o'yinlarning natijalari bosh muarbbiy Pirloning ham o'z lavozimida qolish imkoniyatini shubha ostiga qo'ydi.
Ma'lumot uchun, "Yuventus" Italiya chempionati yakunlanishiga 11 tur qolganida birinchi o'rindagi "Inter"dan 10 ochko ortda qolmoqda.