«Real» Ispaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan «Selta»ga qarshi o'yinda yarim himoyachi Luka Modrichning ogohlantirishini bekor qildirish maqsadida musobaqalarni o'tkazish qo'mitasiga shikoyat kiritgandi.
O'sha bahsning 80-daqiqasida Luka Modrich o'z jarima maydoni atrofida to'pni Lukas Vaskes uzatdi. Mezbon jamoa futbolchi esa xorvatiyalik o'yinchining oyog'iga urilib yiqildi. Hakam mazkur vaziyat uchun Modrichga sariq kartochka ko'rsatib, "Selta" foydasiga jarima zarbasi belgiladi.
Musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi esa "qaymoqranglilar"ning arizasini rad etdi va sariq kartochkani o'z kuchida qoldirdi.