«Real» klubi hujumchi Krishtinu Ronalduning 5 o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi bo'yicha apellyatsiya beradi.
Bugun Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Barselona»ga (3:1) qarshi Superkubok bahsida bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgani uchun Ronalduga qattiq jazo tayinlagan edi.
RFEF futbolchining bu harakatlarini tajovuzkorona deb baholab, uni qizil karta uchun 1 o'yinga, hakamni turtgani uchun 4 o'yinga diskvalifikatsiya qilgan edi.
Agar bu jazo o'z kuchida qoldirilsa, Ronaldu «Barselona»ga qarshi Superkubok javob o'yinini, shuningdek Ispaniya chempionatidan o'rin olgan «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.