"Qirollik klubi" uchun bosh maqsad Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyndir.
"Real" ayni damda Kilian Mbappe va Erling Xolandlar uchun katta harajatlar qilishga tayyor emas.
27 yoshli Keyn joriy mavsum APL doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 13ta assist qayd etdi. Uning "shporlar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.