Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish uchun birorta jamoa taklif bilan chiqqani yo'q deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Bundan oldinroq «keksa sinyora»ning agar birorta manfaatliroq taklif paydo bo'lsa portugaliyalikni jamoadan qo'yib yuborishi haqida xabar bergan edik. Biroq hozircha Krishtianu xizmatlariga hech bir jamoa yuqori qiziqish bildirmayapti. Bundan tashqari ushbu transferning amalga oshishi haqida klub tomonidan konkret gap ham chiqmadi.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida o'z yakuniga etadi.