Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan jazo qo'lladi.
82-daqiqada Ronaldu bosh hakam Rikardo Bengoechea tomonidan 2-marta sariq kartochka ko'rsatilib maydondan chetlatilgan edi. Ko'rsatilgan kartochkadan so'ng Ronaldu bosh hakamni itarib yubordi va maydonni tark etdi. Bu vaziyatni esa hakam uchrashuvdan so'ng beriladigan protokolga kiritib qo'ydi.
RFEF esa Ronalduning hakamga agressiv munosabat sababli uni 5 ta o'yinga disklifikatsiya qildi. 4 ta o'yin La Liga baxslaridan, 1 ta Ispaniya Superkubogi.
Endilikda Ronaldu "Barselona"ga qarshi javob uchrashuvini, shuningdek, "Deportivo", "Valensiya", "Levante" va "Real Sosedad"ga qarshi baxslarni o'tkazib yuboradi.