Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichidan o'rin olgan "Real" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin Madridda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Angliya klublari ishtirokidagi EChLning nimchorak final bosqichidan o'rin olgan o'yinlar boshqa mamlakatlarga ko'chirilgandi. Ispaniyada esa 30 mart sanasidan Britaniyadan keladigan fuqarolar uchun koronavirus bilan bog'liq cheklovlar yumshatilishi qilinishi kutilmoqda. Shunday bo'lsa, bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 6 aprel kuni Madridda o'tkaziladi.
Javob bahsi esa 14 aprel sanasiga belgilangan.