Londonning "Tottenxem" jamoasida ijara asosida to'p tepayotgan, "Real Madrid" futbolchisi Garet Beyl Evropa chempionatidan so'ng, yana Madrid jamoasiga qaytmoqchiligi haqida gapirdi:
"Garchi hozirda "Tottenxem"da baxtli bo'lsamda, Evropa chempionatidan keyin Madridga qaytmoqchiman. Sababi, mening hali "Real"ga yordamim tegishiga ishonaman va jamoa bilan ko'plab sovrinlar yutishni xohlayman. Ammo oldindan nima bo'lishini bilmaymiz, shuning bularning hammasi Evro-2020 musobaqasidan keyin aniq bo'ladi. " - deydi uelslik futbolchi
Eslatib o'tamiz, Beyl joriy mavsumda APL musobaqasida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 5 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishgan.