Madridning "Real" jamoasi tayanch yarim himoyachisi Fediriko Valverde mushak jarohati tufayli "Liverpul"ga qarshi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin
Marca xabariga ko'ra, 22 yoshli yarim himoyachining mushaklari jarohatlangan va u kamida ikki haftani o'tkazib yuboradi. Chempionlar Ligasi chorak finalida (6 aprel) "Liverpul"ga qarshi birinchi o'yinda ishtirok etishi shubha ostida.
Eslatib o'tamiz, Valverde La Liganing joriy mavsumida 19ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan.