Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni qattiq jazoladi.
Futbolchi «Barselona»ga (3:1) qarshi Superkubok bahsining 82-daqiqasida bosh hakam Rikardo Bengoechea tomonidan maydondan chetlatilgach, uni qo'li bilan turtib yuborgan edi.
RFEF Ronalduning bu harakatlarini tajovuzkorona deb baholab, uni qizil karta uchun 1 o'yinga, hakamni turtgani uchun 4 o'yinga diskvalifikatsiya qildi. Jazo Superkubok va Ispaniya chempionati o'yinlariga taalluqli bo'ladi.
Endi Ronaldu «Barselona»ga qarshi Superkubok javob o'yinini, shuningdek Ispaniya chempionatidan o'rin olgan «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.