AS manbasiga ko'ra, “Yuventus” 36 yoshli futbolchini 25 mln evroga sotishga tayyor.
Portugaliyalik bilan hamkorlik “Yuve” uchun yiliga 87 mln evroga tushadi, shu tufayli bu transfer klub uchun moliyaviy yo'qotishlarning oldini olishga imkon beradi. SHuningdek, rahbariyat Ronalduni boshqa klubga o'tishga majburlash niyat yo'q.
Agar Krishtianu “Yuventus”ga boshqa klubga o'tish niyati borligini aytib, taklif bilan chiqsa, u holda turinliklar uni hech qanday muammosiz qo'yib yuboradi. Bordi-yu unga aniq taklif kelib tushmasa, unda klub portugaliyalik bilan hamkorlik mamnuniyat bilan davom ettirishi aytilmoqda.
Avval xabar qilinganidek, Ronalduning o'zi “Real”ga qaytishni xohlamoqda.
U joriy mavsum A Seriyada 24 uchrashuvda qatnashib 23+2 natija ko'rsatdi.