"Real Madrid" jamoasi haftaning birinchi mashg'ulotini yakunladi hamda "Santiago Bernabeu"da chorshanba kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya superkubogining javob bahsiga tayyorgarlikni boshladi.
Bugungi mashg'ulotda urg'u to'p bilan ishlashga qaratildi. "Kamp Nou"da g'alaba qozonilgan kechagi bahsda asosiy tarkibda o'ynagan o'yinchilar biroz jadallikni pasaytirgan holatda shug'ullanishdi, faqatgina Isko yopiq inshootda shug'ullandi.
Zidan bugungi mashg'ulotga "Kastilya"dan Ashraf va Luka Zidanni jalb qildi. Mashg'ulot yengil yugurish bilan boshlandi. Keyin futbolchilar bir qator jismoniy mashqlarni bajarishdi va bundan keyin darvozaga to'pni aniq tepish ustida shug'ullanishdi. So'ngra bosim o'tkazish hamda to'pni egallashni o'z ichiga olgan mashqlar bilan shug'ullanishdi va mashg'ulotni kichik hajmdagi maydonda mashqlar va o'yin bilan yakunlashdi.