"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ishtirok etib, ikkita gol muallifiga aylandi.
Argentinalik futbolchining Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinlari soni 511taga etdi. Bu esa La liga tarixidagi ettinchi ko'rsatkich hisoblanadi.
33 yoshli futbolchi "Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasni ortda qoldirdi (510).
Messidan oldinda quyidagilar borishmoqda:
Manuel Sanchis — 523;
Fransisko Buyo — 542;
Eusebio Sakristan — 543;
Raul Gonsales Blanko — 550;
Xoakin Sanches — 572;
Andoni Subisarreta — 622.