Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Mutaxassis Madridning "Real" klubida ishlash niyati borligini bildirgan. Bu yo'lda Yoaxim allaqachon ispanchani o'rganishni boshlab yubordi. Yaqinda har ikkala tomonning dastlabki bitim borasida kelishib olishi kutilyapti.
Eslatib o'tamiz, Lyov Evro-2021 musobaqasi yakunlangach milliy terma jamoani tark etishini ma'lum qilgandi.