Yarimhimoyachi Lukas Vaskes ushbu mavsum yakunidan so'ng "Real"ni tark etishi mumkin.
Qayd etish joizki futbolchi Madrid klubi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi.
Xabar qilinishicha ispaniyalik futbolchiga APLning bir qator jamoalari qiziqish bildirishmoqda. "Arsenal", "Tottenxem" va "Lids" yozgi transferlar oynasida Vaskesga shartnoma taklif qilishga tayyor.