PSJ etakchilaridan biri Kilian Mbappe jamoani tark etishi mumkin.
U ayni paytda rahbariyatga shart qo'ygan. Unga ko'ra, klub Kilianni jamoada ushlab qolishi uchun Messi bilan shartnoma imzolamasligiga to'g'ri keladi. Shu asnodagina frantsiyalik futbolchi jamoa bilan yangi bitim borasida kelishishi mumkin.
Biroq parijliklar tish-tirnog'i bilan Messini sotib olishga harakat qilmoqda. Rahbariyat Leoning Neymar bilan qoyilmaqom tandem hosil qilib, EChLni yutishiga ishonadi.