Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotish variantidan bosh tortdi.
Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. "Keksa sinyora" uni kelasi mavsum ham jamoada olib qolishni maqsad qilgan. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi ham o'z navbatida kelasi yilgacha mo'ljallangan edi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldinroq futbolchining "Real"ga ehtimoliy transferi borasida turli mish mishlar tarqalgan edi.